Hozirgacha “Ona yurtim”, “Ayriliq”, “Sog`inch” va yana boshqa ko`plab qo`shiqlarni kuylab, muxlislar qalbidan joy olishga ulgurgan Aziza Halilova san`at yoki ilmni tanlash borasida to`g`ri xulosa chiqardi. Ya`ni, bu yosh xonanda ilmni ham san`at bilan birga olib bormoqchi… Ha, avvaliga o`qishni ham, ijodni ham to`xtatmay olib borish unga katta mas`uliyat yuklashini xonandaning o`zi his etgan bo`lsa-da, endilikda ko`zlagan maqsadi aniqligini va bu maqsadiga erishishi uchun astoydil harakat qilishini ma`lum qildi.
Aziza Halilova shu yil noyabr oyining o`rtalarida Londonga uchib ketmoqda. Londonning nufuzli kollejida bir yil davomida taxsil olib, chuqur bilim egallab, so`ng O`zbekistonga qaytib kelmoqchi. Axir uni bu yerda vatani, muxlislari kutadi! Yozgi ta`til mahalida yosh xonanda yurti O`zbekistonga kelib, qo`shiq yozib ketish niyatida. Aziza Halilovaning muxlislari aslo xafa bo`lishlariga o`rin yo`q. Londonga yo`l olishdan avval yangi qo`shiq yozadi va uni muxlislari e`tiboriga taqdim etadi. Bu yangi tarona “Xayr” deb nomlanadi. Unda, tug`ilib o`sgan ona yurti haqida, vatan sog`inchi haqida kuylanadi.
Omad yor bo`lsin, senga Aziza!