Bugun "Le Royal Palace" saroyida O'zbekistonda hizmat ko'rsatgan artist Gulsanam Mamazoitova hamda Sanjarbeklarning visol oqshomi bo'lib o'tdi. Eksklyuziv fotosuratlar va ma'lumotlar bilan hoziroq tanishing!!!
Xashamatli restoranda bo'lib o'tgan ajoyib nikoh oqshomida Ulug'bek Otajonov asosiy xonanda sifatida to'yni olib bordi. Tantana boshlovchilari Rixsitilla Abdullaev va Nigora Karimboeva. Saroyga kelin-kuyovlar tashrif buyurishganida esa, "Shahrizoda" guruhi qizlari "Yor-yor" taronasi bilan kutib olishdi. Firdavs Pazletdinov esa, Gulsanam Mamazoitovaga pushti rangdagi atirgullardan yasalgan guldasta taqdim etdi va o'zining "So'lim" taronasi bilan barchaning ko'nglidan joy oldi. "Sado" guruhi qizlari milliy raqslardan tayyorlangan guldasta bilan qatnashishdi. Shuningdek, visol oqshomida Azamat Sharipov, Iskandar Hamroqulov, Mahmud Namozov, G'ulomjon Yoqubov, Shahriyor, Abdulla Qurbonov, Gulbahor Sulaymonova, "Toj" guruhi, Ozodbek Nazarbekov va boshqa o'zbek estradasi yulduzlari tashrif buyurishdi. To'yning qiziq tomoni shundaki, Gulsanamxon va Sanjarbeklarning o'tirgan stollarining old tarafi pushti rangdagi atirgullar bilan bezatilgan edi. Qolaversa, Gulsanam boshqa kelinlardan farq qilgan ravishda bejirim qizil rangdagi ko'ylak kiygan edi. Buni siz rasmlarni tomosha qilib o'zingiz guvohi bo'lishingiz mumkin. Umuman olganda, visol oqshomi ko'tarinki ruhda o'tdi, desak aslo mubolag'a bo'lmaydi.
|