menu
person

23:52
..::"Aprel May" filmi prem'erasi::..
  Bir necha kun avval, "Aprel May..." deb nomlangan ajoyib film prem'erasi A.Navoiy nomidagi kinosaroyida bo'lib o'tdi. Ushbu film namoyishi boshqa film namoyishlaridan farqi shunda bo'ldiki, bunda karnay surnay navolari bilan mehmonlar kutib olindi.

 

         Film aynan nima uchun "Aprel May..." deb nomlandi? degan savolga film rejissori Zebo Navro'zova quyidagicha javob berdi: "Hozir kuz fasli... Bu faslda har bir inson yana 1 yoshga qariganini his qilib yashaydi. Shuni inobatga olib, insonlar qalbiga bahoriy iliqlik baxsh etish maqsadida, filmni aynan "Aprel May..." deb nomlashga qaror qildik". Filmda shuningdek, Rixsi Ibrohimova, Shohruhxon, Sheroz, Aziz Rametov, Shahzoda (debyutant aktrisa) va boshqa ko'plab aktyor va aktrisalar rol ijro etishgan. Hatto Zebo Navro'zova ham o'ziga xos va o'ta murakkab obraz hisoblangan "ko'zi ojiz ona" rolini talqin qilgan. Bosh qahramon Abdulla rolini Shoxruxxon, Komila obrazini esa, Shahzoda ijro etgan. "Aprel May..." filmi sof muhabbatga yo'g'rilgan film desak aslo mubolag'a bo'lmaydi. Eslatib o'tamiz, "Aprel May..." filmining bosh xomiysi "Sovplastital" korxonasi, bosh axborot ko'magi www.UzStarS.At.uA portali. Film namoyishi 23 oktyabrdan A.Navoiy nomidagi kinosaroyida boshlanadi. Ha aytgancha bu filimga Shoxruxxon yangi SoundTrack ya'ni "Aper May" deb nomlanadi. Siz ushbu SoundTrackni "MP3 PLAY" bo'limidan ko'chirib olishingiz mumkin..

Просмотров: 2503 | Добавил: uzstars | Рейтинг: 5.0/3
Всего комментариев: 4
25.07.2008
4. Jamola [Материал]
Zo'r kino. Ayniqsa Shoxruxxon .Kino uchun rahmat.

12.11.2007
ey gap yo' brat

12.11.2007
2. Muhammadamin [Материал]
Zo'r Va Yana Zo'r
Qayta Qayta Zo'r

09.11.2007
1. Sardor (BaTur1y) [Материал]
[color=blue][b] biggrin zo'r

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Copyright «¤™-wWw.UzStarS.At.uA-™¤» 2024