Va nihoyat premyera! Siz shu kungacha bu film nima haqidaligida, unda
qanday voqealar yuz berishi mumkinligini bilish imkoniyatidan yiroq
edingiz. Endi savollarga javob olish fursati yetdi. Chunku SHABNAM
katta ekranda! U 5-oktabrdan boshlab Alisher Navoiy nomli Kino
saroyida, Kinochilar uyining pushti zalida hamda G'uncha kinoteatrida
namoyish qilinadi! Film premyerasi va unga taalluqli yangiliklar
xususida esa saytimizda kuzatib boring!
Sardor Faryod aylamoqda, Nargis esa Alvido demoqda!
SHABNAM
filmi hali ekranlarga chiqmasdanoq qalblarni zabt etmoqda. Masalan,
yoshlarimizning sevimli xonandasi Sardor Rahimxom film uchun maxsus
qo'shiq kuyladi. "Faryod" deb nomlangan bu saundtrekka klip ham suratga
olindi. Shuningdek, yana bir iqtidorli xonanda Nargis Musayeva ham
SHABNAMning dardlarini o'zida aks ettirgan qo'shiqni ijro qildi.
"Alvido" deb nomlangan bu qo'shiqqa ham klip suratga olinmoqda. Ushbu ikkala soundtrekkni bizning portalimizdan ko'chirib oling va tinglang!