Bugun estrada olamida eng mashhur shaxslardan biri, eng maftunkor
xonandalarimiz ro'yhatini yuqori cho'qqilarini zabt etib turuvchi,
sevimli yulduzimiz, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan artist
Rayhonning tavallud topgan kuni! Mana shu munosabat bilan biz Rayhonni
muborakbod etamiz va barchani tabrigini Rayhonga yetkazish imkoniyatini
yaratamiz!
Eng baxtli on bu insonning hayotidagi
bayramona kunlari, eng yaqin insonlari bilan dildan suhbatlashadigan
kun. Bu kun albatta tavallud topgan kundir! Shunday ekan, bugun Rayhon
uchun o'zgacha kun. Bu kun uning bayrami! Bayram muborak, Rayhon! Eng
ezgu tilaklar hamisha sizga yor bo'lsin! Omad va zafarlar hech qachon
sizni tark etmasin. Estradamizning bundanda yorqinroq yulduziga
aylanishingiz tilakdoshimiz. Yutuqlar sizni ortingizdan doimo quvib
yursin!
Yodingizda bo'lsin, UzStarS portali har doim siz bilan birga!
Aziz muxlislar, siz o'z dil izhoringizni Rayhonga bevosita SMS
orqali yuborish imkoniga egasiz va albatta izoh tarzida ham o'z
tilaklaringizni yozib qoldirishingiz mumkin. Ishoning, buni Rayhon
albatta o'qib chiqadi! Dil izhorlaringizning barchasi Rayhonga yetib
boradi. Imkoniyatni qo'ldan boy bermang!
Rayhonga SMS yo'llash