menu
person

08:53
Setora: “Bizni turmush qurishimiz qiyin”

Setora: “Bizni turmush qurishimiz qiyin”


“Ohim”, “Borsan” kabi taronalar sizga avvalgi afsonaviy “Setora” guruhini eslatishi tabiiy. Ularning izdoshlari bo`lmish, yangi “Setora” guruhining tarkibi ikki marta o`zgardi. Nahot hozirgi “Setora” “Se*tanho” taqdirini takrorlaydi? ...

— “Setora” guruhiga kelganingizdan keyin o`zingizda qanday o`zgarish sezdingiz?

Nigora: — Guruhga kelishimdan avval qizaloq edim. Hayot haqida mutlaqo o`ylamasdim. Hozir ancha ulg`ayib, og`ir-bosiq bo`lib qolganman.
Shahzoda: — O`zimga bo`lgan ishonchim ortdi.
Madina: — Har narsaga ma’suliyat bilan yondashadigan bo`ldim.

—“Setora” “ViaGra” guruhidek bo`lib qolgan. Guruhga kim kelib, kim ketayotganini ajratib bo`lmaydi. Bu ham mayli, muhlislar hatto sizlarning ismingizni bilishmaydi…

Nigora: — Nimaga bundayligiga hayronman, odamlarning ismlarimizni bilmasligi bizning muammomiz emas. Balki, ular OAVlari orqali ijodimizni kuzatishmas?
Shahzoda: — Guruh tarkibi ikki marotaba almashdi. Lekin, bundan buyog`i o`zgarmaydi.
Madina: — “ViaGra” tinimsiz o`zgaradi. Biz ja-a-a u darajaga etganimiz yo`q.

— Guruh tarkibi sizlargacha ikki bor o`zgardi. qaysi 1ini tan olasiz?

Nigora: — Albatta, “Se*tanho” guruhini tan olaman. Ularga hurmatim baland. “Setora”ning oldingi izlari bilan ochig`i tanish emasman.
Shahzoda, Madina: — Albatta, o`zimizning guruhimizni tan olamiz. Chunki, uchallamiz 1-1imizga har tomonlama mos tushganmiz.

— “Se*tanho” parchalanib ketdi. Munosabatiniz?

Nigora: — Qiyin savol berdingiz. Bilasizmi, har 1 qiz turmushga chiqishi kerak. 1on 1 yo`lni tanlashi kerak bo`lib qoladi. Ularning nima sababdan ajralib ketishganini bilmayman-u, lekin yahshi bo`lmadi. Guruh parchalanganini eshitib ichim achidi.
Shahzoda: — Ko`p yillik hamjihatlikning barham topganidan afsusdaman.
Madina: — Yoshligimdan “Setora” guruhining qo`shiqlarini tinglab katta bo`lganman. Ularning ashaddiy muhlisasi edim. Ayniqsa, Feruzaning. Guruh tarqoq holga kelgan bo`lsa ham, Feruzaning ijod qilayotganidan hursandman.

— “Se*tanho”ning taqdiri sizlarda takrorlanmasligiga ishonasizlarmi?

Nigora: — Bizlar nafaqat ishdagi hamkor, balki qalin do`stmiz. Ko`z tegmasin-u, shu vaqtgacha 1or marta urishmaganmiz.
Madina: — Uchalamiz huddi bitta odamdekmiz. Agar hozir guruhni kimdir tark etsa, “Setora” barham topadi. Prodyuserlar qaytadan guruh tashkil qilishmaydi. Biz ohirgisimiz. Shu sabab, “Se*tanho”ning taqdiri bizda takrorlanmaydi.
Shahzoda: — Ko`pgina qiyinchiliklarni boshdan kechirdik. Munosabatlarimiz anchagina sinaldi. Shuning uchun, qo`rqmasdan do`stligimiz mustahkam deya olaman.

— Guruhning mashhur “Setora” nomidan boshqa yana nimasi bor?

Nigora: — Bilmadim… Guruhga qizlarni 90x60x90 tarzida tanlashmagan. Faqat ijromizni sinashgan. Masalan, men faqat estradani emas, operani ham kuylay olaman. Lekin, guruhning yo`nalishi imkoniyatlarimizga yo`naltirilmagan. Prodyuserlar ma'qul ko`rgan qo`shiqnigina kuylaymiz.
Madina: — “Setora”ning ikkinchi tarkibida qizlarning tashqi ko`rinishiga qarashgandi. Bizni esa musiqiy ma'lumotimizga ko`ra taklif qilishgan.
Shahzoda: — Ma'noli taronalarimiz, o`zimizga yarasha muhlislarimiz bor. Hit-paradlarda 1inchi o`rinlarni egallayapmiz. Odamlar eski guruh bilan bizni solishtirishmasin. Ularga o`hshashni hohlamaymiz. To`g`ri, avvalgi uchlikning ijodiga tan beramiz. Ammo, biz mutlaqo yangi “Setora”miz. o`z yo`limiz bor, yangi kashfiyotlar qilmoqchimiz. Bu bilan ertaga yangi gallaktika ochamiz, deya olmayman. Ammo, izlanishdamiz.

— Nimaga kompaniyaga “Setora” nomini o`zgartirishni taklif qilmagansizlar? Ahir 1ovning tahoratiga namoz o`qib bo`lmaydi-ku…

Nigora: — “Setora” nomi bu – “Tarona” kompaniyasiga tegishli brend. Shuning uchun bunday taklif kirita olmaymiz. Yana qaytaraman, “Setora”ni “Se*tanho” bilan solishtirish noto`g`ri.
Shahzoda: — Oradan shuncha yil o`tib, ikkita guruhni solishtirish judayam achinarli hol. Bizning individualligimizni qachon anglab etisharkin?..
Madina: — Boshqa guruh sifatida bizni yig`ishmagan-ku. Brendni davom ettiryapmiz. “Setora” guruhini yuqori cho`qqiga ko`tarmoqchimiz. Ya'ni, tarixda qolish uchun astoydil xarakat qilyapmiz.



— “Se*tanho” qizlarining har 1i o`z ovozi, o`rni, yo`nalishiga ega edi. Sizlarda unday emas…

Nigora: — Agar bizning o`rnimizda hozir Feruza, Komila, Laylo ijod qilayotgan bo`lsa edi, bizga otilayotgan toshlar hozir ularga qaratilgan bo`lardi.
Shahzoda: — Ular o`n yil mobaynida shu darajaga etishishdi. Bizga shu oy atigi ikki yil to`ldi. Shu sabab, bizga qiyin.
Madina: — Odamlar hamma narsaga ob'ektiv qarashi kerak. Masalan, “Borsan” taronasini kuylashimizdan maqsad, “Setora” brendining abadiyligini saqlash edi. Odamlar o`ylagandek, takrorlash emas. To`g`ri, qo`shiq 1 marta hit bo`ladi. Niyatimiz shu hitni yana muhlislar yodiga solish edi, holos. Bu - o`zligimiz yo`q, degani emas-ku! qolaversa, tezlik bilan cho`qqiga chiqib, ushlolmay qaytib tushgandan, pog`onama-pog`ona ko`tarilgan afzal.


— 1 paytlar afsonaga aylangan “Setora” guruhi nomiga loyiq bo`lolmayapsizlar. Tan olish shunchalar qiyinmi?

Nigora: — Bularning hammasi “proma”ga bog`liq. Ba'zi san'atkorlarga o`hshab, mish-mish orqali o`zimizni reklama qilmaymiz.
Shahzoda: — Qolaversa, u vaqtlar guruhlar kam bo`lgan. Shu sabab, “Setora” yangilik bo`la oldi. Hozir, honandalar ham, qo`shiqlar ham ko`payib ketdi. Odamlar eslab qolishga ulgura olmayapti. Esda qoladigan tarona yaratish uchun tinmay izlanyapmiz. (asabiylashib) Bizning aybimiz nimada? qo`shiq kuylamoqchi, “Setora” guruhning afsonaviyligini davom ettirmoqchi bo`lganimizdami?
Madina: — To`g`ri, yuz foiz hammaga yoqamiz deya olmaymiz. Lekin, bu guruh nomini oqlolmayapmiz, degani emas.

— Tad1larda “Se*tanho” qizlari bilan yuzma-yuz kelganingizda ulardan uyalish hissi bo`ladimi?

Nigora: — Yo`q, albatta.
Shahzoda: — To`g`ri, avvaliga ularning jahli chiqqan bo`lishi mumkin. Lekin, hozir hamma narsani tushunishadi. “Biz afsonaga aylantirgan “Setora” nomini yanada ko`tarishga harakat qilinglar ”, deyishadi.
Madina: — “Setora” qizlari bo`lganimizdan mag`rurlanib, boshimizni tik ko`tarib yuramiz.

—Guruhda sizlarni nima ushlab turadi, mashhurlikmi yo moddiy ehtiyoj?

Nigora: — San'at orqali katta pul topib bo`lmaydi. Mashhurlikka ham qiziqmayman. Guruhda meni o`zaro ahilligimiz ushlab turadi.
Shahzoda: — Nigoraning gapiga qo`shilaman. Ba'zi odamlarga “ish” desangiz, “uf-f ”, tortishadi. Bizda buning aksi. Shu kuch meni guruhga bog`lab turadi.
Madina: — Yoshligimdan qo`shiq kuylashni hohlardim. Bu mening kasbim emas, hayotim. Horij tillari institutiga grand asosida kirgan bo`lsam-da, o`qishni tashlab ketdim. Kutubxonaga
borish, kitob o`qishga bardoshim yetmaydi. Men sahnada yashayman. Ishimga bo`lgan ishtiyoq meni guruhga ipsiz bog`lab qo`ygan.

— Shahzoda, sizni “turmush qurib, ajrashgan”, deyishadi. hatto, farzandingiz
ham bor emish…

Shahzoda: — “Ketaman” klipidan keyin kelin ko`ylakdagi rasmim tarqalib, “Shahzoda erga tegibdi ”, degan mish-mishlar tarqalgandi. “Kechirdim” klipida yosh bola bilan suratga tushganimda navbatdagi gap-so`zlar bolaladi. Lekin, turmush qurmaganman. Hudo hohlasa, yanvar oyida to`yim bo`ladi. Boshqa ma'lumotlar sir.

— Madina, guruhda eng dimog`dori siz emishsiz?

Madina: — Yoshligimdan erkatoy bo`lganman. Keyin raqsga borganim sabab, “pohodka”m o`zgargan. Shu sabab, shunday o`ylashadi. Guruhga yangi kelganimda, Shahzoda bilan Nigora bu qiz namuncha osmon, bo`lmasa deyishardi. Odam bilmay turib, gapiraveradi-da...
Nigora: — Kollejda 1ga o`qiganmiz. O`shanda ham yurishi odamning asabiga tegardi. qizlar bilan Madinani do`pposlamoqchi bo`lganmiz. Onasi o`qituvchi bo`lgani uchun fikrimizdan arang qaytgandik. “Tarona”ga tanlovga kelib, ne ko`z bilan ko`rayki, Madina o`tiribdi-da! Darrov, ketsammikan, bu “osmon” bilan qanday ishlayman, degan hayol o`tgandi.
Shahzoda: — Qo`pol gapirishi mumkin, lekin aslida ko`ngilchan qiz. 1 gap bo`lsa, 1pasda ko`z yosh to`kadi. Madina guruhning erkatoyi.

— Kezi kelib, san'atkorligingiz turmushga chiqishingizga halaqit bersa-chi?

Madina: — Boshqa kasbdagi qizlarga qaraganda, bizlarning erga tegishimiz qiyinroq, albatta. Lekin, sevgan odam ijodimni tushunishiga ishonaman. Nima bo`lganda ham oila men uchun 1inchi o`rinda. Chunki, 1 marta turmush quriladi.
Nigora: — To`g`ri, og`ir kasbni tanlaganmiz. Bu kasb bilan oila qurish qiyin. Shaxsan men hech qachon oilam uchun honandalikdan voz kechmayman. Ayni paytda kar'era men uchun 1inchi o`rinda.
Shahzoda: — Ham oilani ham ishni 1 vaqtda olib borsa bo`ladi, nazarimda. 1-1iga bo`lgan ishonch ko`p narsani xal qiladi. Albatta, 1 umr san'at yo`lidan ketib, oilasiz o`tishni istamayman. Oila men uchun 1inchi “plan”da.

— Ijoddagi yangiliklar?

Madina: — Qozog`istonlik mashhur honanda bilan duet kuylayapmiz. Kimligini aytmaymiz. 27 yanvar kuni ijodiy safar yuzasidan Abhaziyada bo`ldik.

MA'LUMOT:
Nishonova Nigora Sodiqovna. 1987 yil qg` fevralda Latviyada tug`ilgan. Asli Farg`onalik. hamza nomidagi musiqa kollejini tugatgan. hozir, Toshkent Davlat San'at institutining “aktyor-estrada” fakultetida tahsil oladi.
Bo`taeva Shahzoda Bahtiyorovna. 198g` yil 28 aprelda Toshketda tug`ilgan. Estrada-tsirk kollejining zamonaviy estrada-raqs bo`limini bitirgan. hozir Sharqshunoslik instituti 1inchi bosqich magistranti. [i]
Isroilova Madina Hotamjonovna. [i] 1987 yil 16 yanvarda Toshkentda tavallud topgan. 7 yil musiqa maktabida tahsil olgan. o` yil hamza nomidagi musiqa kollejida o`qigan. Ayni kunda Konservatoriyada estrada honandalik fakul'tetining uchinchi bosqich talabasi.

QIZIQ MA'LUMOT:

Dugonalarining aytishicha, Nigora “bandidka”. Kimnidir yoqtirmasa, darrov “do`pposlayman”ga tushadi. Shahzoda guruhning maslahatchisi. Eng qizig`i, Nigoraning yig`lagisi kelsa Shahzodaga, kulishni istasa Madinaga qo`ng`iroq qiladi.

TAYORLADI: wWw.YangI.TK
Просмотров: 4818 | Добавил: uzstars | Рейтинг: 4.7/3
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]